Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Po‘latchi mahallasidagi muammolar muhokama qilindi
янв.21
DEPUTAT MUROJAATLAR IJROSINI TA’MINLASH YO‘LIDA
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining 2026-yil 8–12-iyun kunlariga mo‘ljallangan ish rejasi tasdiqlandi
янв.21
Nurobod tumani Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Nurobod tumani Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqib o‘rganilmoqda
янв.21
Bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT FUQAROLAR MUROJAATLARINI O‘RGANDI
янв.21
“MENING BOGʻIM” LOYIHASI DOIRASIDA “YASHIL JAMOAT PARKI” BARPO ETILMOQDA
янв.21
AHOLI O‘RTASIDA HUQUQIY TUSHUNTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI
⚽️ DEPUTAT MAHALLADA SPORT MAYDONChALARINI KOʻZDAN KECHIRDI:

ASOSIY MAQSAD – YOSHLAR SALOMATLIGI
​Yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish doimo deputatlarimiz diqqat markazida.
​Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 6-Qiyat saylov okrugi deputati Marimboy Roʻzmetov hududdagi fuqarolar murojaatlarini tinglash barobarida, mahalladagi yoshlar hayoti va ularga yaratilgan shart-sharoitlar bilan ham yaqindan tanishdi.
​🔍 Sport infratuzilmasi koʻzdan kechirildi
​Deputat mahalla hududida joylashgan sport maydonchalarining bugungi holatini koʻzdan kechirdi. Oʻrganish davomida quyidagi jihatlarga alohida eʼtibor qaratildi:
​Maydonchalarning mavsumga tayyorligi va texnik holati;
​Yoshlarning sport bilan muntazam shugʻullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar;
​Sport maydonchalaridan samarali va maqsadli foydalanilayotganligi.
​💬 “Mahallamiz yoshlarining boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishi, kompyuter va telefonlardan uzoqlashib, sportga oshno boʻlishi juda muhim. Buning uchun esa birinchi navbatda sport maydonchalari talab darajasida boʻlishi kerak. Biz aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tizimli ishlaymiz”, — deya taʼkidladi deputat M.Roʻzmetov.
​🛠 Kelgusi vazifalar:
​Sport maydonchalarini yanada tartibga keltirish, yoshlar oʻrtasida turli sport musobaqalarini tizimli tashkil etish hamda mavjud kamchiliklarni hal qilish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Mazkur masalalar yuzasidan masʼul tashkilotlarga deputatlik soʻrovlari yuborilishi koʻzda tutilgan.
​Sogʻlom yoshlar — yurtimiz kelajagi va tayanchi!

Slide 1 of 3