Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Po‘latchi mahallasidagi muammolar muhokama qilindi
янв.21
DEPUTAT MUROJAATLAR IJROSINI TA’MINLASH YO‘LIDA
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining 2026-yil 8–12-iyun kunlariga mo‘ljallangan ish rejasi tasdiqlandi
янв.21
Nurobod tumani Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Nurobod tumani Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqib o‘rganilmoqda
янв.21
Bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT FUQAROLAR MUROJAATLARINI O‘RGANDI
янв.21
“MENING BOGʻIM” LOYIHASI DOIRASIDA “YASHIL JAMOAT PARKI” BARPO ETILMOQDA
янв.21
AHOLI O‘RTASIDA HUQUQIY TUSHUNTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI
📢 DEPUTAT FAOLIYATI: MUROJAAT IJOBIY HAL ETILDI

Va’da va ijro: mahalladagi maktab transformatori yangilandi
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 6-Qiyot saylov okrugi deputati Marimboy Roʻzmetovga bundan bir necha oy avval hududdagi maktab ma’muriyati va mahalliy aholi tomonidan muhim masala — ta’lim muassasasidagi eski, quvvati past va nosoz transformatorni yangisiga almashtirib berish boʻyicha murojaat kelib tushgan edi.
Yosh avlodning xavfsizligi va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlanishi bevosita ta’lim sifatiga ta’sir etishini inobatga olgan holda, ushbu murojaat deputat tomonidan alohida nazoratga olingan edi. Tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan olib borilgan tizimli hamkorlik natijasida mazkur muammo ijobiy hal etildi. Eski transformator toʻliq yangisiga almashtirilib, tarmoqqa ulandi.
🚀 Jarayon nazoratda:
Bugun deputat M.Roʻzmetov mazkur maktabga tashrif buyurib, oʻrnatilgan yangi transformatorning holati, uning ishlash sifati va xavfsizlik talablariga qay darajada javob berishini koʻzdan kechirdi. Hozirda elektr ta’minoti toʻliq barqarorlashgan boʻlib, maktab jamoasi va oʻquvchilar uchun qulay sharoit yaratildi.
"Xalq vakilining asosiy vazifasi — saylovchilar ishonchini oqlash va ularni qiynayotgan muammolarga yechim topishdir. Maktabdagi bu oʻzgarish farzandlarimizning xavfsiz va yorugʻ xonalarda ta’lim olishini ta’minlash yoʻlidagi kichik bir qadamdir", — deydi deputat.
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi aholi farovonligi va ijtimoiy soha ob’ektlarini yaxshilash borasidagi ishlarni izchil davom ettiradi.

Slide 1 of 2