Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kengash qarori ijrosi deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
3-SONLI DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI VA QONUNCHILIK IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOVCHILAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
Deputat mahalladagi muammolar va ularning yechimlari yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
DEPUTATLARGA MAXSUS YON DAFTARCHALAR TARQATILDI
янв.21
XOTIN-QIZLAR FAOLLARI FAOLIYATI HAMDA QONUNCHILIK IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashib, oziq-ovqat xavfsizligi masalalarini o‘rgandi
янв.21
Deputat tomonidan mahallada xotin-qizlar faollari faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
YOSHLAR BANDLIGI VA MAHALLADAGI ISHLAR SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
Deputatning aholi bilan navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Deputatning aholi bilan navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

🏛 Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati N.Alimov tomonidan "Shodlik" mahallasi aholisi bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputat so'rovi yuborilishi ta'kidlandi. Shuningdek, aholini qiynab kelayotgan ayrim masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilandi.

Muloqot jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisida ko‘rib chiqilgan masalalar hamda qabul qilingan qarorlarning mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi. Fuqarolarga mazkur qarorlarning hududlarni rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish hamda ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

Bunday uchrashuvlar aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimiga ko‘maklashishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#N_Alimov #Uchrashuv

Slide 1 of 5