Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kengash qarori ijrosi deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
3-SONLI DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI VA QONUNCHILIK IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOVCHILAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
Deputat mahalladagi muammolar va ularning yechimlari yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
DEPUTATLARGA MAXSUS YON DAFTARCHALAR TARQATILDI
янв.21
XOTIN-QIZLAR FAOLLARI FAOLIYATI HAMDA QONUNCHILIK IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashib, oziq-ovqat xavfsizligi masalalarini o‘rgandi
янв.21
Deputat tomonidan mahallada xotin-qizlar faollari faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
YOSHLAR BANDLIGI VA MAHALLADAGI ISHLAR SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
Fuqarolar murojaati asosida deputatlik so‘rovi yuboriladi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi O‘.Tojiyeva tomonidan “A.Zohiriy” mahalla fuqarolar yig‘inida fuqarolar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida aholini qiynab kelayotgan qator masalalar yuzasidan murojaatlar va takliflar bildirildi.

Xususan, “Chorchinor” va “A.Zoxiriy” mahalla fuqarolar yig‘inlari aholisi tomonidan A.Zoxiriy MFY, Qo‘rg‘oncha ko‘chasi, 72-uyda joylashgan 1-sonli Oilaviy poliklinika filiali binosining bugungi holati yuzasidan murojaat bildirildi.

Fuqarolarning ta’kidlashicha, mazkur bino mahalla balansida bo‘lgani sababli uni saqlash va joriy ta’mirlash uchun zarur mablag‘larni ajratishda qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda. Natijada bino uzoq yillar davomida jismonan eskirib, bugungi kunda avariya holatiga kelib qolgan.

O‘rganishlar davomida mavjud bino zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish talablariga javob bermasligi, aholiga qulay va sifatli tibbiy xizmat tashkil etish uchun yangi bino qurish zarurligi qayd etildi.

Shuningdek, fuqarolar tomonidan mazkur binoni Qo‘qon shahar Tibbiyot birlashmasi balansiga o‘tkazish hamda uning o‘rnida zamonaviy talablarga mos yangi oilaviy poliklinika binosini qurish masalasi ilgari surildi.

Mazkur murojaat va takliflarni atroflicha o‘rganish natijasida ushbu masala yuzasidan Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi, Farg‘ona viloyati Kengashi deputati O‘.Tojiyeva tomonidan viloyat deputati sifatida tegishli vazirlik va idoralarga deputatlik so‘rovi yuborilishi yuzasidan kelishuvga erishildi.

Mazkur masala deputatlik nazoratiga olinib, uning ijobiy yechim topishi va aholi uchun munosib tibbiy xizmat sharoitlarini yaratish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.

Fuqarolar murojaatlari va aholi manfaatlari — doimo e’tibor markazida!

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3