Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi tomonidan 2026-yil uchun shakllantirilgan mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hamda ushbu mablag‘lardan foydalanish yuzasidan tayyorlangan xulosa muhokama qilindi.

Majlisni doimiy komissiya raisi E.Yunusov olib bordi. Unda kotibiyat mudiri A.Ermatov, doimiy komissiya a’zolari hamda ekspert-maslahat guruhi vakillari ishtirok etdilar.

Muhokamalar davomida qo‘shimcha budjet mablag‘larini samarali yo‘naltirish, hududlarni rivojlantirish hamda iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 5