Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TIBBIYOT MUASSASASIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
MUROJAAT JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
XALQ MANFAATLARI YO‘LIDA AMALIY QABUL
янв.21
“TASHABBUSLI BYUDJET” LOYIHASI DOIRASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM SOHASIGA OID QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILIB, MASALALAR JOYIDA HAL ETILMOQDA
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Oziq-ovqat xavfsizligi masalalari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi
янв.21
Nurobod tumani Sarikul mahallasi hududida tog‘ va tog‘ oldi yaylovlarida zararli chigirtkalarning ko‘payib ketishining oldini olish maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda
янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi
#deputat_soʻrovi_1109_qounun
#deputat_soʻrovi_1109_qounun

2025 yil 30 dekabrda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunga asosan mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlari xalq deputatlari Kengashlari tasdiqlashi uchun 10 turdagi dasturlar (rejalar)ni taqdim qilishi belgilab qo‘yilgan.

Jumladan:- Tabiatni muhofaza qilishning asosiy yo‘nalishlarini o‘z ichiga olgan mintaqaning (hududning) ekologiya dasturi («Tabiatni muhofaza qilish
to‘g‘risida»gi 754-XII-sonli Qonun 10-m., 2-q.);

- Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi hududiy dasturlar(«Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida»gi 353-I-sonli 53-m., 2-q.);

- O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi hududiy dasturlar («O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi 543-I-sonli Qonun 12-m., 2-q.);

- Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi hududiy dasturlar («Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi 545-I-sonli Qonun 12-m., 2-q.);

O‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko‘paytirish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasida hududiy dasturlar ( «O‘rmon to‘g‘risida»gi 770-I-sonli Qonuni 15-m., 2-q.);

- Chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishga oid mahalliy dasturlar («Chiqindilar to‘g‘risida»gi 362-II-sonli Qonun 11-m., 2-q.);- Hududiy ekologik dasturlar («Ekologik nazorat to‘g‘risida»gi O‘RQ-363 sonli Qonun 12-m., 2-q.);

- Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi sohasidagi hududiy dasturlar («Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida»gi O‘RQ-865-sonli Qonun 14-m., 2-q.);

- O‘simliklarni himoya qilish sohasidagi hududiy dasturlar («O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida»gi O‘RQ-877-sonli Qonun 10-m., 2-q.);

- Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi hududiy dasturlar («Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida»gi
O‘RQ-539-sonli Qonun 8-m., 2-q.)

Yuqoridagilarni inobatga olib, Kogon shahrida ushbu Qonun ijrosini ta’minlash maqsadida rejalashtirilayotgan (hududiy dasturlarni ishlab chiqilishi va xalq deputatlari Kogon shahar Kengashiga kiritish bo‘yicha yo‘l-xarita, chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanganligi) va amalga oshirilgan ishlar bo'yicha.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash