Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ MANFAATLARI YO‘LIDA AMALIY QABUL
янв.21
“TASHABBUSLI BYUDJET” LOYIHASI DOIRASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM SOHASIGA OID QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILIB, MASALALAR JOYIDA HAL ETILMOQDA
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Oziq-ovqat xavfsizligi masalalari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi
янв.21
Nurobod tumani Sarikul mahallasi hududida tog‘ va tog‘ oldi yaylovlarida zararli chigirtkalarning ko‘payib ketishining oldini olish maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda
янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari doimiy e’tiborda
янв.21
Yoshlar bilan huquqiy savodxonlikka oid uchrashuv o‘tkazildi
Mahalla xodimlari faoliyati o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tumanning “Tovoqsoy” mahalla fuqarolar yig‘inida mahallasi raisi Z.Akramov, xotin-qizlar faoli L.Tursunbayeva, ijtimoiy xodim M.Izzatullayeva faoliyatlari O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Sadirov va kotibiyat xodimi M.Tursunbayeva tomonlaridan o‘rganildi.

🔵O‘rganish davomida mahalla raisi bilan hududdagi jinoyatchilik holati, huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan profilaktik choralar, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi muhokama qilindi.
Shu bilan birga, mahalla infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar, jumladan:
     3000 m uzunlikda piyodalar yo‘laklarini qurish;
     1000 m uzunlikdagi ichki yo‘llarni asfaltlashtirish;
     300 m uzunlikda kanalizatsiya tarmog‘ini tortish;
     55 dona beton stolbalar o‘rnatish;
     mahalla fuqarolar yig‘ini binosini mukammal ta’mirlash masalalari ko‘rib chiqildi.

🔵Shuningdek, xotin-qizlar faoli bilan suhbat davomida “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan 110 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz yoki turmushida qiyinchilikka duch kelayotgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari ko‘rib chiqildi. Deputat tomonidan xotin-qizlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash va ularning muammolarini tizimli hal etish muhim ekani ta’kidlandi.

🔵Ijtimoiy xodim bilan bo‘lgan uchrashuvda esa ijtimoiy ko‘maklar ajratilishi, “Kambag‘allik reyestri”ga kiritilgan 24 ta oilalar holati, ularga ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar yuzasidan fikr almashildi. Mahalladagi ehtiyojmand oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning daromad manbaini oshirish va turmush sharoitini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

🔵Uchrashuv yakunida deputat tomonidan mutasaddilarga aholi bilan ishlashda mas’uliyatni yanada oshirish, har bir murojaatga e’tibor bilan yondashish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash ishlarini izchil davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5