Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“TASHABBUSLI BYUDJET” LOYIHASI DOIRASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM SOHASIGA OID QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILIB, MASALALAR JOYIDA HAL ETILMOQDA
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Oziq-ovqat xavfsizligi masalalari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi
янв.21
Nurobod tumani Sarikul mahallasi hududida tog‘ va tog‘ oldi yaylovlarida zararli chigirtkalarning ko‘payib ketishining oldini olish maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda
янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari doimiy e’tiborda
янв.21
Yoshlar bilan huquqiy savodxonlikka oid uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
QURILISH ISHLARI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
Mahalliy Kengashlar faoliyati bo‘yicha tajriba almashildi

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi kotibiyat xodimlari F.Hojiyev hamda D.Murodov Xalq deputatlari Nurota tuman Kengashi xodimlari bilan o‘zaro tajriba almashish maqsadida uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini samarali tashkil etish, deputatlik korpusi faoliyatini muvofiqlashtirish, kotibiyat ish yurituvini takomillashtirish hamda hujjatlar ijrosini nazorat qilish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur tajriba almashish jarayoni O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni (1993-yil 2-sentabr, №913-XII) talablari asosida tashkil etildi. Mazkur qonun asosida mahalliy vakillik organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, deputatlar va kotibiyat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek mahalliy boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv davomida:

Kengash kotibiyati faoliyatini samarali tashkil etish;
deputatlar faoliyatini muvofiqlashtirish mexanizmlari;
hujjatlar aylanishi va ijro nazorati tizimi;
doimiy komissiyalar faoliyatini tashkil etish;
ilg‘or tajribalarni amaliyotga joriy etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirish, ish yuritish jarayonlarida samaradorlikni oshirish hamda hududlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Tajriba almashish jarayonida tashkiliy ishlar, deputatlar bilan ishlash, qarorlar ijrosini nazorat qilish hamda kotibiyat faoliyatida zamonaviy yondashuvlarni qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ko‘rib chiqildi.

Mazkur uchrashuv mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish, o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash va ish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 6