Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QURILISH ISHLARI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
MUROJAATLAR JOYIDA O‘RGANILMOQDA
янв.21
OLTINSOY MAHALLASIDA “TOMORQA XO‘JALIGI TO‘GʻRISIDA”GI QONUN YUZASIDAN TUSHUNTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
BIR PIYOLA CHOY USTIDA SAMIMIY MULOQOT
янв.21
MUROJAAT AMALDA YeCHIM TOPMOQDA
янв.21
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan xotira tadbiri tashkil etildi
янв.21
“Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
Kengash qarori bilan Nurobod tumanidagi 65 ta ko‘chalarga nom berildi
янв.21
Xalqobod mahallasida piyodalar uchun qulayliklar yaratishga qaratilgan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Buloqboshi mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Hududdagi muammolar joyida hal etilmoqda: sayyor qabul amaliy natija bermoqda
Hududdagi muammolar joyida hal etilmoqda: sayyor qabul amaliy natija bermoqda

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati I. Mamajonov ishtirokida
3- “Qamarniso” saylov okrugiga qarashli “Ziyokor” mahallasida Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i S. Xashimova hamkorligida va kotibiyat bosh mutaxassisi B.Xoliqjonova, mahalla yettiligi hamda faollar bilan birgalikda sayyor qabul tashkil etildi. Mazkur sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan 3 ta muammo atroflicha ko‘rib chiqildi. Ularning 2 tasi joyida hal etilib, yana bir masala tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Ushbu uchrashuvda tuman Kengashi deputati Ibaydullo Mamajonov ham faol ishtirok etdi. Uchrashuv davomida hududni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan 24 ta ustuvor yo‘nalish kesimida keng qamrovli o‘rganishlar olib borildi. Xususan, yoshlar bandligi, tibbiy xizmat sifati, kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy himoya, xotin-qizlar faolligi, kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi. Shu bilan birgalikda mahallada istiqomat qiluvchi oilalarning ijtimoiy holati hamda oilaviy muhit masalalariga alohida e’tibor qaratilib, ularning yechimi yuzasidan huquqiy tushuntirish va amaliy tavsiyalar berildi.

Yakunda, aniqlangan muammolar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda aniq vazifalar belgilab olinib, ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi. Bunday sayyor qabullar fuqarolar murojaatlarini joyida hal etish, hududlardagi muammolarni tezkor bartaraf etish hamda aholi bilan ochiq va samarali muloqotni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Slide 1 of 5