Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QURILISH ISHLARI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
MUROJAATLAR JOYIDA O‘RGANILMOQDA
янв.21
OLTINSOY MAHALLASIDA “TOMORQA XO‘JALIGI TO‘GʻRISIDA”GI QONUN YUZASIDAN TUSHUNTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
BIR PIYOLA CHOY USTIDA SAMIMIY MULOQOT
янв.21
MUROJAAT AMALDA YeCHIM TOPMOQDA
янв.21
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan xotira tadbiri tashkil etildi
янв.21
“Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
Kengash qarori bilan Nurobod tumanidagi 65 ta ko‘chalarga nom berildi
янв.21
Xalqobod mahallasida piyodalar uchun qulayliklar yaratishga qaratilgan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Buloqboshi mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Deputat maktabdagi sog‘lom ovqatlantirish tizimi holatini o‘rgandi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati F. Seydabdullayeva Sayapir mahallasidagi 8-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-avgustdagi 472-sonli qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish olib bordi.
O‘rganish davomida maktabdagi 1–4-sinfda tahsil olayotgan 399 nafar o‘quvchi uchun keytering usulida sog‘lom ovqatlantirish tizimi yo‘lga qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, qaror talablaridan kelib chiqib, taomnomaning sifati, mahsulotlarning vazni hamda mazasi tahlil qilindi.
Deputat tomonidan o‘quvchilarning ota-onalari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalar natijalari bilan ham tanishildi. Mazkur jarayonda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mutaxassislari ishtirok etgani qayd qilindi.
O‘rganish yakunida qarorning 6-bob 32 va 33-bandlarida belgilangan buyurtmachining huquq va majburiyatlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq tashkil etilgani aniqlandi.


 

Slide 1 of 1