Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QURILISH ISHLARI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
MUROJAATLAR JOYIDA O‘RGANILMOQDA
янв.21
OLTINSOY MAHALLASIDA “TOMORQA XO‘JALIGI TO‘GʻRISIDA”GI QONUN YUZASIDAN TUSHUNTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
BIR PIYOLA CHOY USTIDA SAMIMIY MULOQOT
янв.21
MUROJAAT AMALDA YeCHIM TOPMOQDA
янв.21
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan xotira tadbiri tashkil etildi
янв.21
“Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
Kengash qarori bilan Nurobod tumanidagi 65 ta ko‘chalarga nom berildi
янв.21
Xalqobod mahallasida piyodalar uchun qulayliklar yaratishga qaratilgan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Buloqboshi mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Qonun ijrosi o‘rganildi

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi deputati “Adolat” SDP a’zosi G.Abdullayeva va Xalq deputatlari shahar kengashi kotibiyatining bosh mutaxassisi U.Abdunazarov shahar Tibbiyot birlashmasiga qarashli 1-OPda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 11-martdagi “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi 528-sonli qonuni ijrosi o‘rganildi. Oilaviy poliklinika bosh shifokori F.Asatova fuqarolarning reproduktiv salomatligi insonning jismoniy, aqliy va ijtimoiy jihatdan
sog‘lomligi holati bo‘lib, bu holat uning bola tug‘ilishiga qodirligini belgilaydigan reproduktiv tizimi, ushbu tizimning funksiyalari, hayotiy jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, shahar bo‘yicha 22506 nafar reproduktiv yoshdagi ayollar bo‘lib, ular bilan homiladorlikni saqlab yurishni va bolaning asoratlarsiz hamda nuqsonlarsiz tug‘ilishini ta’minlaydigan, homiladorlik, tug‘ish va tug‘ishdan keyingi davrdagi tadbirlar, muolajalar hamda xizmatlarni olib borish ishlari amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda ayram oilalar tomonidan tibbiy madaniyatga be’etiborlik qilinayotganligi, tibbiy ko‘riklardan o‘z vaqtida o‘tmaslik, tor doiradagi mutaxassislik bo‘yicha bolalar shifokorlar yetishmasligi ma’lum bir muammolarni keltirib chiqarmoqda. Ushbu yo‘nalishda “mahalla yettiligi” bilan hamkorlik qilish, tushuntirish-targ‘ibot ishlarini kuchaytirishga kelishib olindi.
  

   

Slide 1 of 2