Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QURILISH ISHLARI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
MUROJAATLAR JOYIDA O‘RGANILMOQDA
янв.21
OLTINSOY MAHALLASIDA “TOMORQA XO‘JALIGI TO‘GʻRISIDA”GI QONUN YUZASIDAN TUSHUNTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
BIR PIYOLA CHOY USTIDA SAMIMIY MULOQOT
янв.21
MUROJAAT AMALDA YeCHIM TOPMOQDA
янв.21
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan xotira tadbiri tashkil etildi
янв.21
“Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
Kengash qarori bilan Nurobod tumanidagi 65 ta ko‘chalarga nom berildi
янв.21
Xalqobod mahallasida piyodalar uchun qulayliklar yaratishga qaratilgan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Buloqboshi mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
 "Amu sohillari" mahallasidagi tahliliy o‘rganishlarning davomi sifatida, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova, kotibiyat mudiri A.Ashurov hamda deputat G.Xudaykulova hududdagi ko‘p qavatli uylarning bugungi kundagi holati va ularga ko‘rsatilayotgan servis xizmatlari sifati bilan yaqindan tanishdilar.

📌Mazkur o‘rganish jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-48-sonli (“Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”) qarori hamda xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining tegishli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

💬 Tahlil jarayonida quyidagi jihatlarga asosiy e’tibor qaratildi:

▶️ Boshqaruv tizimi samaradorligi: PQ-48-sonli qaror talablaridan kelib chiqib, Boshqaruv servis kompaniyalari (BSK) tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, majburiy badallarning maqsadli sarflanishi va hisobdorlik masalalari;

▶️ Muhandislik kommunikatsiyalari: Binolarning yerto‘la qismidagi quvurlar holati, tom qismining mustahkamligi hamda elektr shitlarining xavfsizligi;

▶️ Atrof-muhit obodligi: Uylar atrofidagi piyodalar yo‘laklari, bolalar maydonchalari va yoritish tizimlarining bugungi holati.

✔️Deputatlar tomonida o‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ushbu hududga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyasi rahbariga qat’iy ko‘rsatmalar berildi.

💬 "Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan PQ-48-sonli qaror ko‘p qavatli uylarda yashovchi har bir fuqaro uchun shinam va xavfsiz muhit yaratishni ko‘zda tutadi. Bizning vazifamiz — bu islohotlarning har bir xonadonda amaliy natija berishini ta’minlashdir," — deya ta’kidladi Kengash raisi D.Normuradova.

🫥 Maqsad – Aholi uchun qulay, zamonaviy va xavfsiz yashash sharoitlarini yaratish hamda ko‘p qavatli uylarni boshqarishda sifat darajasini yangi bosqichga olib chiqish.
Slide 1 of 4