Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QURILISH ISHLARI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
MUROJAATLAR JOYIDA O‘RGANILMOQDA
янв.21
OLTINSOY MAHALLASIDA “TOMORQA XO‘JALIGI TO‘GʻRISIDA”GI QONUN YUZASIDAN TUSHUNTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
BIR PIYOLA CHOY USTIDA SAMIMIY MULOQOT
янв.21
MUROJAAT AMALDA YeCHIM TOPMOQDA
янв.21
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan xotira tadbiri tashkil etildi
янв.21
“Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
Kengash qarori bilan Nurobod tumanidagi 65 ta ko‘chalarga nom berildi
янв.21
Xalqobod mahallasida piyodalar uchun qulayliklar yaratishga qaratilgan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Buloqboshi mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
“Yetimqum” mahallasida qurilishi yakunlanayotgan xususiy shifoxona faoliyati bilan tanishildi

“Yetimqum” mahallasida qurilishi yakunlanayotgan xususiy shifoxona faoliyati bilan tanishildi

🟢 Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi raisi J.Xudoyqulova hamda Kengash bosh mutaxassisi J.Donayev tuman hokimiyati mas'ul xodimi bilan birgalikda “Yetimqum” mahallasida qurilishi yakunlanib, foydalanishga topshirilishi kutilayotgan xususiy shifoxona faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida mas’ullar tomonidan shifoxonada yaratilayotgan sharoitlar, zamonaviy tibbiy xizmatlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar hamda aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, ushbu muassasaning ishga tushirilishi hudud aholisi uchun qulaylik yaratishi, yangi ish o‘rinlari tashkil etilishi hamda tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Yakunda qurilish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#J_Xudoyqulova #J_Donayev

Slide 1 of 6