Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalqobod mahallasida piyodalar uchun qulayliklar yaratishga qaratilgan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Buloqboshi mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Nurobod tumanida o‘quvchi qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari o‘rganilib, huquqiy tushuntirishlar berildi
янв.21
Nurobodda ta’lim sifati va sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Aholi bilan muloqot: qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasasida shart-sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi
янв.21
Deputat so‘rovlari ijrosi – doimiy nazoratda
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tumani Kengashi kotibiyat mudiri M.Kamolova tomonidan Navoiy mahallasidagi ko‘p qavatli uylarda faoliyat yuritayotgan liftlarning ishlash holati yuzasidan o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida mahalladagi 6 ta ko‘p qavatli uyda yangilangan liftlar hozirda to‘liq ishga tushirilgani hamda aholiga uzluksiz xizmat ko‘rsatib kelayotgani aniqlandi. Shuningdek, liftdan foydalaniladigan barcha ko‘p qavatli uylardagi liftlar to‘liq va soz holatda faoliyat yuritayotgani qayd etildi.

Jarayon davomida aholi bilan suhbatlar o‘tkazilib, kommunal xizmatlar sifati, liftlardan foydalanishdagi qulayliklar hamda mavjud ehtiyojlar yuzasidan fikr-mulohazalar tinglandi.

Mazkur o‘rganishlar aholining xavfsiz va qulay yashash sharoitlarini ta’minlash, ko‘p qavatli uy-joylardagi infratuzilma holatini muntazam nazorat qilib borish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Slide 1 of 5