Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalqobod mahallasida piyodalar uchun qulayliklar yaratishga qaratilgan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Buloqboshi mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Nurobod tumanida o‘quvchi qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari o‘rganilib, huquqiy tushuntirishlar berildi
янв.21
Nurobodda ta’lim sifati va sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Aholi bilan muloqot: qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasasida shart-sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi
янв.21
Deputat so‘rovlari ijrosi – doimiy nazoratda
Olmazor tumani Orzu mahalla fuqarolar yig`inlariga hududida joylashgan Nuroniylar maskani masalasi yuzasidan deputatlik so‘rovi kiritildi.

Olmazor tumani Orzu mahalla fuqarolar yig`inlariga hududida joylashgan Nuroniylar maskani masalasi yuzasidan deputatlik so‘rovi kiritildi.

🏛 Olmazor tumani “Orzu” mahalla fuqarolar yig‘inidan kelib tushgan murojaat asosida hududdagi Beruniy ko`chasi 1-uyda Nuroniylar maskani bilan bog‘liq muammo yuzasidan tegishli tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborildi.

📝 Mazkur murojaat asosida Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati Aminov Anvarxon Kazimovich tomonidan Olmazor tuman hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikasiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari hamda Olmazor tuman xokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari nomlariga deputatlik so‘rovi yo‘llandi.

🔎 Murojaatda qayd etilishicha, “Orzu” mahalla fuqarolar yig‘ini xududida nuroniy otaxonlar hamda muhtarama onaxonlar yashab kelmoqdalar. Ularni xar tomonlama qullab-quvvatlash hamda yosh avlod uchun xayot tajribalari bilan o‘rtoqlashish maqsadida mahalla fuqarolar yig‘ini uchun “Nuroniylar maskani”ga extiyoj mavjud ushbu masalani ijobiy hal etish yuzasidan deputat so`rovi yuborildi

🗣 Deputatlik so‘rovda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar va o‘rganish natijalari bo‘yicha 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish talabi qo‘yilgan. Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olingan.

Slide 1 of 1