Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QURILISH ISHLARI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
MUROJAATLAR JOYIDA O‘RGANILMOQDA
янв.21
OLTINSOY MAHALLASIDA “TOMORQA XO‘JALIGI TO‘GʻRISIDA”GI QONUN YUZASIDAN TUSHUNTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
BIR PIYOLA CHOY USTIDA SAMIMIY MULOQOT
янв.21
MUROJAAT AMALDA YeCHIM TOPMOQDA
янв.21
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan xotira tadbiri tashkil etildi
янв.21
“Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
Kengash qarori bilan Nurobod tumanidagi 65 ta ko‘chalarga nom berildi
янв.21
Xalqobod mahallasida piyodalar uchun qulayliklar yaratishga qaratilgan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Buloqboshi mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Kengash_faoliyati

Bandixon tumani: Hokim yordamchisi ko‘magi – oilaviy tadbirkorlik poydevori!

✅Bandixon tumanida “Har bir oila — tadbirkor” tamoyili shunchaki shior emas, balki har bir xonadonga kirib borayotgan barqaror daromad manbaiga aylanmoqda. Mahallabay ishlash tizimi orqali aholi bandligini ta’minlash va tomorqadan unumli foydalanish bugun tumanimizda ustuvor vazifa etib belgilangan.

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati D.Qudratovga biriktirilgan kotibiyat xodimi B.Qurbonov "Qaldirg‘och" mahallasidagi xonadonlarda bo‘lib, tomorqa madaniyati va aholining daromad sirlarini o‘rgandi.

Asosiy yo‘nalishlar:

✅ PQ-55-sonli qaror ijrosini ta’minlash;

✅ Ishsiz aholini kasb-hunarga yo‘naltirish;

✅ Har bir xonadonda barqaror daromad manbalarini yaratish.

✅ Muvaffaqiyatli xonadon misolida: Shoyimov Qodir xonadoni

✅Bugungi kunda o‘z tomorqasidan unumli foydalanib, qo‘ni-qo‘shnilariga namuna bo‘layotganlardan biri — Qodir Shoyimov.

✅O‘rganishlar davomida ma’lum bo‘lishicha, xonadon sohibi hokim yordamchisining tavsiyasi va ajratilgan imtiyozli kredit ko‘magida o‘z xonadonida samarali ish boshlagan.

✅Natija: Oila a’zolari bandligi ta’minlangan va qo‘shimcha daromad manbai yaratilgan.

✅"Avvallari tomorqadan foydalanishda biroz qiynalardik. Hokim yordamchisi kelib, imtiyozli kredit olish yo‘llarini tushuntirdi. Mana, natijada issiqxona qurdik, hozir pomidorlarimiz hosilga kirgan. Bu oilamiz uchun katta madad," — deydi xonadon egasi.

Slide 1 of 2