Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QURILISH ISHLARI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
MUROJAATLAR JOYIDA O‘RGANILMOQDA
янв.21
OLTINSOY MAHALLASIDA “TOMORQA XO‘JALIGI TO‘GʻRISIDA”GI QONUN YUZASIDAN TUSHUNTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
BIR PIYOLA CHOY USTIDA SAMIMIY MULOQOT
янв.21
MUROJAAT AMALDA YeCHIM TOPMOQDA
янв.21
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan xotira tadbiri tashkil etildi
янв.21
“Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
Kengash qarori bilan Nurobod tumanidagi 65 ta ko‘chalarga nom berildi
янв.21
Xalqobod mahallasida piyodalar uchun qulayliklar yaratishga qaratilgan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Buloqboshi mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Doimiy komissiyada ekologiya sohasidagi ishlar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya” yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi 81-sonli farmoni ijrosi hamda “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida tumanda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi rahbarining 2026-yil 1-chorakdagi axboroti ko‘rib chiqildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yil bahor mavsumida tumanda 512 mingdan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilgan bo‘lib, ularni sug‘orish va agrotexnik parvarishlash ishlari muntazam nazoratga olingan. Shuningdek, yashil jamoat parklari, bog‘lar hamda hokimlik bog‘ini tashkil etish uchun 16,8 gektar yer maydonida ko‘chatlar ekilib, parvarish ishlari olib borilmoqda.

Hisobot davrida atmosfera havosi, yer va suv resurslarini muhofaza qilish, chiqindilarni boshqarish hamda ekologik qonunbuzilishlarning oldini olish maqsadida 82 ta reyd tadbirlari o‘tkazilib, 56 ta holatda qonunbuzarlik aniqlangan va belgilangan tartibda choralar ko‘rilgan.

Doimiy komissiya tomonidan amalga oshirilgan ishlar tumanda ekologik barqarorlikni ta’minlash, yashil hududlarni kengaytirish hamda aholi uchun sog‘lom va qulay muhit yaratishga xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi.

Slide 1 of 1