Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xabar berilganidek, Joriy yilning 28-mart kuni Sardoba tumani hokimi deputat Ziyadulla Karimov tomonidan "Do‘stlik" mahallasida ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi.

Mazkur sayyor qabul davomida fuqarolarning murojaatlari atroflicha o‘rganilib, ularni qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar ishtirokida amaliy choralar belgilandi.

Qabul jarayonida ijtimoiy, kommunal, bandlik, moddiy yordam hamda infratuzilma bilan bog‘liq masalalar ko‘tarilib, ularning ayrimlari joyida hal etildi, qolgan murojaatlar yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Shuningdek, har bir murojaat nazoratga olinib, ularning ijrosi ta’minlanishi alohida belgilab qo‘yildi.

Slide 1 of 6