Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalqobod mahallasida piyodalar uchun qulayliklar yaratishga qaratilgan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Buloqboshi mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Nurobod tumanida o‘quvchi qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari o‘rganilib, huquqiy tushuntirishlar berildi
янв.21
Nurobodda ta’lim sifati va sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Aholi bilan muloqot: qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasasida shart-sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi
янв.21
Deputat so‘rovlari ijrosi – doimiy nazoratda
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Sardoba tuman Kengashi deputati B.Bekmurodov mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Uchrashuv davomida deputat mahalla va jamoatchilik faoliyatini o‘rganib, quyidagi yo‘nalishlarga e’tibor qaratdi:

Hokim yordamchisi faoliyati 

Mahalla va aholi bilan ishlashning tashkiliy jihatlari ko‘rib chiqildi. 

Fuqarolarning murojaatlarini tezkor va samarali hal etish mexanizmlari o‘rganildi. 

Mahallaning kunlik faoliyati va ijtimoiy loyihalar bilan ishlash tartibi tahlil qilindi. 

Ijtimoiy hodim faoliyati 

Aholi bilan bevosita muloqot, maslahatlar berish va ijtimoiy yordam ko‘rsatish ishlari o‘rganildi. 

Yoshlar, keksalar va ehtiyojmand oilalarga ko‘rsatilayotgan yordam turlari muhokama qilindi. 

Ijtimoiy tadbirlar va loyihalarni samarali tashkil etish tajribalari muhokama qilindi.

Deputat mahalla xodimlariga mas’ul shaxslar har qanday sharoitda fuqarolar bilan muloqotda yuqori madaniyatni saqlashlari kerakligini tushuntirdi. Shu munosabat bilan quyidagi tavsiyalar beriladi:

Har bir fuqaroni hurmat bilan tinglash, samimiy va do‘stona munosabatda bo‘lish.

 Salbiy yoki provokatsion holatlar bo‘lsa ham hissiyotlarga berilmasdan, muloyimlikni saqlash.

 Qabul qilingan qarorlar, jarayonlar va yo‘l qo‘yilgan chora-tadbirlar haqida aniq, tushunarli va shaffof ma’lumot berish.

Fuqarolar bilan suhbatni muammo va yechimga qaratilgan shaklda olib borish, shikoyat o‘rniga takliflarni muhokama qilish.

 Har bir murojaatni qayd qilib borish, murakkab masalalarda mutaxassislar bilan birgalikda yechim topish.

Ushbu tavsiyalar deputatlar va mahalla faollari uchun muloqotning sifatini oshirish, fuqarolar bilan samarali va madaniyatli ishlashni ta’minlashga qaratilgan. 

Deputat mahalla jamoasi bilan suhbatlashib, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni yanada sifatli va tezkor qilish bo'yicha takliflarni eshitdi.

Slide 1 of 2