Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat nazorati

Xalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashi deputati Sobirov Ulmas Aliqulovich tomonidan “Eshonguzar” mahalla fuqarolar yigʻinida faoliyat olib borayotgan hokim yordamchisi, mahalla ijtimoiy xodimi va xotin-qizlar faolining ish faoliyati oʻrganildi.

Deputat tomonidan ushbu oʻrganishda mahalladagi ijtimoiy va iqtisodiy masalalarni aniqlash, aholi bilan bogʻliq muammolarga tezkorlik bilan yechim topishga va xodimlarning ish samaradorligini baholash hamda mahallada qonunchilikning tadbiq etilishiga alohida eʼtibor qaratildi.

Bundan tashqari, deputat fuqarolar va yoshlar bilan suhbat oʻtkazib, ularga yaratilayotgangan imkoniyat, sharoitlar bilan ham tanishdi hamda ularning murojaatlari va takliflarini tingladi. 

Oʻrganish davomida deputat tomonidan hokim yordamchisi va ijtimoiy xodimlarning faoliyatida axborot yetkazib berish va odamlarga yordam koʻrsatishdagi ishlarni jadallashtirish yuzasidan takliflar berildi. 

Xususan, deputat xodimlarning malakasini oshirish borish, mahalla faollari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish va davlat dasturlari boʻyicha oʻz vaqtida axborot va koʻmak yordamlarini taʼminlash zarurligi haqida taʼkidlab oʻtdi. 

Oʻrganish yakunida deputat U.Sobirov har bir mahalla xodimi mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni taʼminlashda katta ahamiyatga ega ekanligi va ularning faoliyatini toʻgʻri baholash hamda samarali ishlash imkoniyatlarini kengaytirish muhimligini maʼlum qildi.

Slide 1 of 4