Bu borada xalq deputatlari shahar Kengashi deputati Sh.Madaminova tomonidan Pichoqchi mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi bilan birgalikda 2026-yil uchun belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarning manzilli ro‘yxati asosida hududni o‘rgandilar.
Jarayonda amalga oshirilayotgan ishlar, loyihalarning borishi hamda ularning aholi turmushiga ta’siri atroflicha tahlil qilindi.
O‘rganishlar davomida istiqbolli loyihalardan biri “Rivoj omad fayz” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu korxona 2026-yilning uchinchi choragida ishga tushirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda barcha zarur tashkiliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, loyiha uchun 2 million AQSh dollari miqdorida kredit mablag‘lari jalb qilinib, Xitoydan zamonaviy ishlab chiqarish uskunalari olib kelingan.
Korxona ishga tushirilgach, mahallada 53 nafar xotin-qizning doimiy ish bilan ta’minlanishi ko‘zda tutilgan. Bu esa nafaqat yangi ish o‘rinlari yaratish, balki xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirishda ham muhim qadam bo‘ladi.