📌 Deputat va mahalla yettiligi uchrashuvi
🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri, 25-Tallashqon saylov okrugi deputati O. Tursunov tomonidan “Bog‘iobod” mahalla fuqarolar yig‘ini yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
🤝 Uchrashuv davomida mahallada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb masalalar muhokama qilindi. Jumladan, hududni obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash hamda aholi turmush sharoitlarini yanada yaxshilashga qaratilgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.
🚶♂️ Shuningdek, saylovchilar bilan uyma-uy yurib, ularning muammolarini o‘rganish va manzilli hal etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.
📋 Uchrashuv yakunida mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ko‘tarilgan masalalar ijrosi nazoratga olindi.
✅ Hududlarda aholi bilan ochiq muloqot olib borish, muammolarni joyida o‘rganish va ularni tezkor bartaraf etish ishlari izchil davom ettirilmoqda.