Mazkur tadbirda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati М.Mustafaqulov ishtirok etdi.
Deputatlik nazorati davomida mahalla aholisini qiynayotgan dolzarb muammolardan biri-elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq masala, xususan, eskirgan ustunlarni zamonaviy beton ustunlarga almashtirish zarurati muhokama qilindi.
Ushbu muammoni bartaraf etish deputat tomonidan nazoratga olinib, tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati