Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Nurbuloq mahallasidagi sport maydoni holati o‘rganildi
янв.21
Pensiya qonunchiligi takomillashtirilishi muhokama qilindi
янв.21
Deputat murojaat asosida fuqaro muammosini o‘rgandi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish — ustuvor vazifa
янв.21
Xotin-qizlarni himoya qilish masalalariga bag‘ishlangan targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
Deputat tomonidan fuqaro murojaati o‘rganilib, huquqiy tushuntirishlar berildi
янв.21
Deputat Sh.Tagayeva murojaatga amaliy yechim topdi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati Abulqosimova Dilnoza Ochilovna tomonidan tumandagi Sazag‘on mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Yoshlar kelajagi — e’tibor markazida
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining haftalik ish rejasi
DOIMIY KOMISSIYASI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TADI

#doimiykomissiya #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ XALQ DEPUTATLARI TOSHKENT SHAHAR KENGASHINING XORIJIY INVESTITSIYALAR VA TURIZM MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYASI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TADI

📍 Kun tartibiga muvofiq, yig‘ilishda xalqaro moliya institutlari hamda xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari muhokama qilinadi.

🔎 Xususan, “Hududgazta’minot” AJ tomonidan gaz ta’minoti tizimini kompleks modernizatsiya qilishga qaratilgan yirik investitsiya loyihasi yuzasidan batafsil axborot taqdim etiladi. Mazkur loyiha doirasida Toshkent shahrida 124 ta yuqori bosimli gaz taqsimlash punkti (GTP)ni xarid qilish va o‘rnatish rejalashtirilgan bo‘lib, ular zamonaviy filtrlash uskunalari hamda telemetriya tizimlari bilan jihozlanadi.

     Loyihaning asosiy maqsadi — aholini va iqtisodiyot tarmoqlarini tabiiy gaz bilan uzluksiz, xavfsiz hamda ishonchli ta’minlashdan iborat. Yangi GTP uskunalari gaz bosimini avtomatik tartibga solish, texnologik yo‘qotishlarni kamaytirish va tizim samaradorligini oshirish imkonini beradi.

📊 Shuningdek, loyiha doirasida:

▪️ gaz bosimi, harorati va oqimini masofadan turib real vaqt rejimida nazorat qilish imkoniyati yaratiladi;

▪️ inson omilini kamaytirish orqali avariya holatlarining oldi olinadi;

▪️ gaz taqsimlash tarmoqlarida texnik yo‘qotishlar sezilarli darajada qisqartiriladi;

▪️ tizimni raqamlashtirish va avtomatlashtirish orqali xizmat ko‘rsatish sifati oshiriladi.

📈 Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi vaqtda Toshkent shahrida mavjud gaz taqsimlash punktlarining 65,4 foizi eskirgan bo‘lib, ularni bosqichma-bosqich yangilash dolzarb vazifa hisoblanadi.

💬 Axborot beruvchi:

“Hududgazta’minot” AJ Biznesni strategik rivojlantirish va investitsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Boltayev Jasurbek Baxtiyorovich.

📌 Yig‘ilish davomida deputatlar tomonidan loyiha yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilishi, uning iqtisodiy samaradorligi va ijtimoiy ahamiyati muhokama qilinib, tegishli takliflar ishlab chiqilishi kutilmoqda.

📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari)

Slide 1 of 7