Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati tomonidan o‘z saylov okrugida joylashgan 12-sonli umumta’lim maktabida olib borilayotgan qurilish ishlari joyiga chiqib o‘rganild
O‘rganish jarayonida mazkur obyekt PQ-141 qarori hamda Islom taraqqiyot banki mablag‘lari asosida amalga oshirilayotgani alohida ta’kidlandi. Loyiha asosida barpo etilayotgan maktab 480 o‘rinli bo‘lib, 3 qavatdan iborat zamonaviy ta’lim maskani sifatida qurilmoqda. Deputat tomonidan qurilish ishlarining borishi, sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda o‘quvchilar uchun yaratiladigan shart-sharoitlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, deputat mazkur obyekt foydalanishga topshirilgach, hududdagi ta’lim sifati va o‘quvchilarga yaratiladigan imkoniyatlar yanada yaxshilanishi muhimligini qayd etdi.