Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Mamatova Gulorom hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri Jamshid Raximqulovlar tomonidan Chinobod mahallasi Markaz ko‘chasida barpo etilayotgan piyodalar yo‘lakchasi qurilish ishlari o‘rganildi. O‘rganish jarayonida amalga oshirilayotgan ishlarning sifati, qurilish me’yorlariga rioya etilishi hamda fuqarolar uchun yaratilayotgan qulayliklar atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi. Mazkur piyodalar yolakchachasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-141-son qarori asosida hududlarda infratuzilmani yaxshilash, aholining xavfsiz va qulay harakatlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.