Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROBOD TUMANI KENGASHI DEPUTATI SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI
янв.21
ULUS MAHALLASIDA MUAMMOLAR O‘RGANILIB, HUQUQIY TUSHUNTIRISHLAR BERILDI
янв.21
📌 Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati ishtirokida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Nurbuloq mahallasidagi sport maydoni holati o‘rganildi
янв.21
Pensiya qonunchiligi takomillashtirilishi muhokama qilindi
янв.21
Deputat murojaat asosida fuqaro muammosini o‘rgandi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish — ustuvor vazifa
янв.21
Xotin-qizlarni himoya qilish masalalariga bag‘ishlangan targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
Deputat tomonidan fuqaro murojaati o‘rganilib, huquqiy tushuntirishlar berildi
янв.21
Deputat Sh.Tagayeva murojaatga amaliy yechim topdi
#kotibiyat_mudiri 🟦 Mahallada hamkorlik – kambag‘allikni qisqartirishning muhim omili

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi kotibiyat mudiri N.Kiyamov tomonidan o‘z saylov okrugi hududidagi Qo‘chqor Qarshiyev mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada faoliyat yuritayotgan hokim yordamchisi Sunnayev Sherzod tomonidan aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash hamda daromad manbalarini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, mahallada hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli hamda mahalla bankirlari o‘rtasida belgilangan vazifalarni o‘zaro hamkorlikda bajarish holati o‘rganildi.

Mahalla raisi S. Abdug‘aniyev tomonidan esa ushbu tizimda asosiy e’tibor mutasaddilar o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirishga qaratilgani qayd etildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, hududda mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish, mas’ullar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash orqali kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar samaradorligini oshirish mumkinligi ta’kidlandi.

Bu borada mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

📌 Mahalladagi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik tizimi – aholi farovonligini oshirishning muhim omilidir.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 3