📊 Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi raisi Z.Suyarova, tuman Kengashi deputati G.Xusanova hamda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tuman Kengashi apparat rahbari M.Usanovalar ishtirokida tuman sog‘liqni saqlash bo‘limida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
🖊 Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 11-martda qabul qilingan “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-528-sonli Qonunining mazmun-mohiyati keng jamoatchilikka tushuntirildi.
✍️ Tadbir davomida mazkur Qonunning ahamiyati, uning asosiy maqsadi — fuqarolarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish, onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash, sog‘lom avlodni shakllantirishga qaratilgan ustuvor vazifalar haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
✔️Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, aholi o‘rtasida tibbiy madaniyatni yuksaltirish hamda profilaktik tadbirlarni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
✔️Uchrashuv yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar oldilar.