Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Nurbuloq mahallasidagi sport maydoni holati o‘rganildi
янв.21
Pensiya qonunchiligi takomillashtirilishi muhokama qilindi
янв.21
Deputat murojaat asosida fuqaro muammosini o‘rgandi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish — ustuvor vazifa
янв.21
Xotin-qizlarni himoya qilish masalalariga bag‘ishlangan targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
Deputat tomonidan fuqaro murojaati o‘rganilib, huquqiy tushuntirishlar berildi
янв.21
Deputat Sh.Tagayeva murojaatga amaliy yechim topdi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati Abulqosimova Dilnoza Ochilovna tomonidan tumandagi Sazag‘on mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Yoshlar kelajagi — e’tibor markazida
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining haftalik ish rejasi
Mahallada aholi bilan muloqot – muammolarga yechim sari muhim qadam

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati Do‘squlova Dilbar hamda mahalla faollari tomonidan Nurli Pangat mahallasida aholi bilan bevosita uchrashuvlar tashkil etildi. Ular xonadonma-xonadon yurib, fuqarolar holidan xabar oldi, turmush sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.

Muloqot davomida aholini qiynayotgan ijtimoiy, maishiy va infratuzilmaviy muammolar tinglanib, har bir murojaat e’tibor markaziga olindi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar joyida qayd etilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur tashrif aholi bilan yaqin muloqotni yo‘lga qo‘yish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni bartaraf etish orqali hududda ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Slide 1 of 1