Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi — aholi salomatligi yo‘lida amaliy qadam
янв.21
E’tibor va g‘amxo‘rlik — ustuvor vazifa
янв.21
Deputat saylovchilar murojaatlarini ijobiy hal etmoqda
янв.21
Nurobodda reproduktiv salomatlik masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Nurobodda ijtimoiy xizmat xodimlari bilan muhim uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari doimiy e’tiborda
янв.21
Tuman Kengashi deputati tomonidan hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurash holati bo‘yicha o‘rganish olib bordi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati tomonidan hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurash holati bo‘yicha o‘rganish olib bordi.
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkilotida shart-sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Nurbuloq mahallasida aholi muammolari o‘rganilib, amaliy choralar ko‘rilmoqda
Xalq deputatlari Olmazor tuman 15-Bo'stonobod saylov okrug deputati U.Fayziyeva tumandagi Qichqiriq MFY hududida joylashgan futbol maydoniga tashrif amalga oshirildi. Tashrif davomida mazkur sport inshootining texnik holati, mavjud infratuzilma, maydon qoplamasi, tungi yoritish chiroqlarini hamda xavfsizlik choralarining qay darajada yo‘lga qo‘yilgani atroflicha o‘rganildi.

Shuningdek, hududda istiqomat qiluvchi yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlar, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasidagi ishlar ham tahlil qilindi. Yoshlar bilan bevosita muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va muammolari tinglandi.

O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, futbol maydonini ta’mirlash, zarur sport anjomlari bilan ta’minlash, tungi yoritish chiroqlarini yaxshilash hamda hududni yanada obodonlashtirish yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq topshiriq va tavsiyalar berildi.

Mazkur tashrif yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, ommaviy sportni rivojlantirish hamda hududlarda mavjud sport infratuzilmasini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi. 

Slide 1 of 5