Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Nurbuloq mahallasidagi sport maydoni holati o‘rganildi
янв.21
Pensiya qonunchiligi takomillashtirilishi muhokama qilindi
янв.21
Deputat murojaat asosida fuqaro muammosini o‘rgandi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish — ustuvor vazifa
янв.21
Xotin-qizlarni himoya qilish masalalariga bag‘ishlangan targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
Deputat tomonidan fuqaro murojaati o‘rganilib, huquqiy tushuntirishlar berildi
янв.21
Deputat Sh.Tagayeva murojaatga amaliy yechim topdi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati Abulqosimova Dilnoza Ochilovna tomonidan tumandagi Sazag‘on mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Yoshlar kelajagi — e’tibor markazida
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining haftalik ish rejasi
#tadbir_Amir_Temur

#tadbir_Amir_Temur

Sohibqiron siymosi — mangu barhayot!

9-aprel yurtimizda buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690 yilligi keng nishonlanmoqda. 

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir nafaqat tarixiy xotira, balki yosh avlod uchun haqiqiy vatanparvarlik darsiga aylandi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari Sohibqironning davlat boshqaruvi va adolat tantanasi borasidagi qarashlari bugungi islohotlarimizga ham hamohang ekanini ta’kidladilar.

“Temur tuzuklari” — bu shunchaki tarixiy manba emas, balki tartib va yuksak ma’naviyat darsligidir, — deya qayd etdi deputat K.Yodgorova o‘z nutqida.

Tadbir yakunida yoshlar o‘rtasida tariximizni chuqur o‘rganish va milliy qadriyatlarni e’zozlash bo‘yicha davra suhbatlari tashkil etildi. Bu kabi uchrashuvlar yoshlar qalbida milliy g‘urur va kelajakka ishonch tuyg‘usini yanada yuksaltirishi shubhasiz.

🌎 Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo'ling!

Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580100445021) /Youtube (https://youtube.com/@xalqdeputatlarikogonshahar-g8r?si=tTSW0oZuoAxxdcXO) /Telegramm (https://t.me/KogonshaharKengashiVI) /Instagram (https://www.instagram.com/kogonshaharkengashi?utm_source=qr&igsh=NDRrbGprbzRpMmZs)/ Veb sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=2&authority_id=276)

Slide 1 of 3