Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalqobod mahallasida piyodalar uchun qulayliklar yaratishga qaratilgan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Buloqboshi mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Nurobod tumanida o‘quvchi qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari o‘rganilib, huquqiy tushuntirishlar berildi
янв.21
Nurobodda ta’lim sifati va sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Aholi bilan muloqot: qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasasida shart-sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi
янв.21
Deputat so‘rovlari ijrosi – doimiy nazoratda
Toshkent shahar va tuman Kengashlari faoliyatini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati  

❗️Toshkent shahar va tuman Kengashlari faoliyatini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi R.Kalanov boshchiligida Toshkent shahar hamda tuman Kengashlari raislari va kotibiyat xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

📝 Yig‘ilish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon va qarorlari, shuningdek, Oliy Majlis Senati tomonidan mahalliy Kengashlarga yuklatilgan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

🔎 Kengashlar faoliyatini samarali tashkil etish, hujjatlar bilan ishlash sifati hamda amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📊 Ta’kidlanganidek, joriy yilning o‘tgan davrida tuman Kengashlari tomonidan o‘tkazilgan sessiyalar va qabul qilingan qarorlar hududlarni rivojlantirish, aholi muammolarini hal etish hamda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

🗣 Shu bilan birga, deputatlik so‘rovlari bilan ishlash, doimiy komissiyalar faoliyatini yanada takomillashtirish, sessiyalarni tashkil etishda yagona tartib va talablarni to‘liq qo‘llash yuzasidan fikr almashildi.

⚖️ Yig‘ilishda, shuningdek, mehnat intizomi hamda ijro intizomiga qat’iy to‘xtalib o‘tildi va bu borada mas’ullarning shaxsiy javobgarligini oshirish zarurligi alohida ta’kidlandi.

💡 Kotibiyatlar faoliyati tanqidiy ko‘rib chiqildi, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, hujjatlar bilan ishlash sifati hamda ijro intizomini yanada mustahkamlash yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

💻 Axborotlarni “E-kengash” tizimi orqali yuritish, hujjatlar sifatini oshirish hamda ularning o‘z vaqtida rasmiylashtirilishini ta’minlash muhim vazifalardan biri sifatida qayd etildi.

📣 Bundan tashqari, Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida hududlarda o‘rganish ishlarini tizimli tashkil etish hamda ularning natijalarini ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borish zarurligi qayd etildi. Xususan, Telegram, Instagram, Facebook va boshqa platformalar orqali ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.

🔺 Yakunida mas’ullarga Kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirish, belgilangan vazifalar ijrosini sifatli tashkil etish hamda tizimli ishlarni davom ettirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari)

Slide 1 of 10