Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalqobod mahallasida piyodalar uchun qulayliklar yaratishga qaratilgan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Buloqboshi mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Nurobod tumanida o‘quvchi qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari o‘rganilib, huquqiy tushuntirishlar berildi
янв.21
Nurobodda ta’lim sifati va sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Aholi bilan muloqot: qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasasida shart-sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi
янв.21
Deputat so‘rovlari ijrosi – doimiy nazoratda
Deputat nazorati

Oʻrganish vaqtida 2026-yil 5-fevraldagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha taʼlim va tarbiya tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni yuzasidan olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Xususan, ushbu maktabgacha ta’lim muassasasi 180 nafar sig’imga ega, bugungi kunda 173 nafar tarbiyalanuvchi qatnaydi. Bu yilda maktabga chiquvchi tarbiyalanuvchilar soni 60 tani tashkil etadi.  

Shuningdek, deputat tomonidan maktabgacha yoshdagi bolalarning intellektual, maʼnaviy-axloqiy, ijodiy, jismoniy va har tomonlama yetuk shaxs boʻlib rivojlanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil, 26 iyuldagi “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog’lom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi qaroriga muvofiq, tadbirkorlik subyektlari tomonidan tayyor ovqatlarni yetkazib berish, ularning sifati, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mos ekanligi ham o’rganildi.  

Oʻrganish yakunida deputat tomonidan bolalarning yoshi va rivojlanish bosqichlariga mos ravishda ijod va sanʼat, fan va matematika, jismoniy faollik va sarguzasht, til va tasavvur hamda robototexnika va ilk algoritmlash yoʻnalishlarida tematik oʻyingohlar tashkil etish bo’yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1