Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QURILISH ISHLARI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
MUROJAATLAR JOYIDA O‘RGANILMOQDA
янв.21
OLTINSOY MAHALLASIDA “TOMORQA XO‘JALIGI TO‘GʻRISIDA”GI QONUN YUZASIDAN TUSHUNTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
BIR PIYOLA CHOY USTIDA SAMIMIY MULOQOT
янв.21
MUROJAAT AMALDA YeCHIM TOPMOQDA
янв.21
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan xotira tadbiri tashkil etildi
янв.21
“Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
Kengash qarori bilan Nurobod tumanidagi 65 ta ko‘chalarga nom berildi
янв.21
Xalqobod mahallasida piyodalar uchun qulayliklar yaratishga qaratilgan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Buloqboshi mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
MA’NAVIY-MA’RIFIY SOHA RIVOJI DEPUTAT NAZORATIDA

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 12-Qodiriy saylov okrugi deputati Qo‘ziyeva Shoira tomonidan hududdagi 

Axborot-kutubxona markazi faoliyati atroflicha o‘rganildi. O‘rganish jarayonida markazning moddiy-texnik bazasi, kitob fondi holati hamda kitobxonlarga yaratilgan sharoitlar batafsil ko‘zdan kechirildi. Jumladan, mazkur kutubxonada jami 84 ming 600 dona kitob fondi mavjudligi, shuningdek, 14 nafar malakali xodim aholiga xizmat ko‘rsatib kelayotgani aniqlandi. Kutubxona faoliyati mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilayotgani ham qayd etildi.Shu bilan birga, o‘rganish davomida mavjud muammo va kamchiliklar, jumladan, ayrim infratuzilma masalalari, kitob fondini yanada boyitish hamda xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish zarurati yuzasidan tegishli xulosalar qilindi. Aniqlangan kamchiliklar joyida qayd etilib, ularni bartaraf etish, kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuboriladi. Mazkur o‘rganishishlari hududda ma’naviy-ma’rifiy muhitni yuksaltirish, aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 1