Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QURILISH ISHLARI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
MUROJAATLAR JOYIDA O‘RGANILMOQDA
янв.21
OLTINSOY MAHALLASIDA “TOMORQA XO‘JALIGI TO‘GʻRISIDA”GI QONUN YUZASIDAN TUSHUNTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
BIR PIYOLA CHOY USTIDA SAMIMIY MULOQOT
янв.21
MUROJAAT AMALDA YeCHIM TOPMOQDA
янв.21
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan xotira tadbiri tashkil etildi
янв.21
“Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
Kengash qarori bilan Nurobod tumanidagi 65 ta ko‘chalarga nom berildi
янв.21
Xalqobod mahallasida piyodalar uchun qulayliklar yaratishga qaratilgan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Buloqboshi mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Hokim yordamchisining tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash faoliyati deputat tomonidan ko’rib chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023- yil 21- dekabrdagi PF-209-son Farmoni bilan belgilangan hokim yordamchisining asosiy vazifalari, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ajratilgan kredit va subsidiyalardan maqsadli foydalanishi 25-Baynalminal saylov okrugi deputati X.Kalbayeva tomonidan joyida borib o‘rganildi.

 

O’rganishlar davomida hududda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o’rinlari yaratish, aholini daromadli mehnatga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Ayniqsa, faoliyatini yangi boshlayotgan tadbirkorlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, kredit va subsidiyalardan foydalanish imkoniyatlari, ularga amaliy yordam ko’rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

Shu bilan birga, xotin-qizlarning tadbirkorlikka jalb etilishi, ularni qo’llab-quvvatlash, kasb-hunarga o’qitish va uy sharoitida daromad topish imkoniyatlarini kengaytirish borasidagi ishlar ham ko’rib chiqildi.

 

Mahallada xotin-qizlar tomonidan amalga oshirilayotgan kichik biznes loyihalari, xususan, tikuvchilik, qandolatchilik, xizmat ko’rsatish sohalaridagi faoliyatlari o’rganilib, ularni yanada rivojlantirish bo’yicha amaliy takliflar berildi.

 

Deputat tomonidan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o’tkazilib, ularni qiynayotgan muammolar, xususan, moliyaviy resurslarga yetishmovchilik, bozor topish va ishlab chiqarishni kengaytirishga oid masalalar muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash, ayniqsa xotin-qizlar faolligini oshirish orqali aholi bandligini ta’minlash va oilalar daromadini ko’paytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu boradagi ishlar ustidan nazorat kuchaytirilib, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
 

Slide 1 of 1