Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QURILISH ISHLARI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
MUROJAATLAR JOYIDA O‘RGANILMOQDA
янв.21
OLTINSOY MAHALLASIDA “TOMORQA XO‘JALIGI TO‘GʻRISIDA”GI QONUN YUZASIDAN TUSHUNTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
BIR PIYOLA CHOY USTIDA SAMIMIY MULOQOT
янв.21
MUROJAAT AMALDA YeCHIM TOPMOQDA
янв.21
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan xotira tadbiri tashkil etildi
янв.21
“Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
Kengash qarori bilan Nurobod tumanidagi 65 ta ko‘chalarga nom berildi
янв.21
Xalqobod mahallasida piyodalar uchun qulayliklar yaratishga qaratilgan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Buloqboshi mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
🔴🔴🔴 O‘rganish natijasiga ko‘ra 61-sonli umumta’lim maktabi ta’mirlanadigan bo‘ldi

🔴🔴🔴 O‘rganish natijasiga ko‘ra 61-sonli umumta’lim maktabi ta’mirlanadigan bo‘ldi

✅ Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati U.A.Yakubxodjayev, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi B.K.Xaitov va tuman Kengashi deputatlari ishtirokida O‘zbekiston Ruspublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5072-sonli qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi “Tashabbusli budjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi KQ-666-IV-sonli qarorlari asosida kiritilgan takliflar va ularni moliyalashtirish hamda umumta’lim maktabida o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidan o‘rganish olib borgan edi.  

✅ O‘rganish natijasiga ko‘ra 61-sonli umumta’lim maktabini joriy ta'mirlash hamda isitish tizimini yaxshilash yuzasidan tuman Kengashi deputati F.Bobomurodov kiritgan taklif Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati U.A.Yakubxodjayevning tanloviga asosan ta’mirlanadigan bo‘ldi. 

✅ Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘quvchilarimizning zamonaviy va qulay sharoitlarda ta’lim olishiga shart-sharoit yaratishdir. 

✅ Tanlov uchun Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati U.A.Yakubxodjayevga tuman Kengashi va kotibiyati jamoasi, hamda 61-sonli umumta’lim maktabi ma’muriyati tomonidan minnatdorchilik bildiramiz.

Slide 1 of 2