Xalq deputatlari Zarbdor tumani Kengashiga 11-Oqbuloq saylov okrugidan saylangan deputat T.Qodirov tomonidan hududdagi ichki ko‘chalar holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida Zarbdor tumani “Oqbuloq” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Xonxo‘ja ko‘chasining 200 metr qismi hamda Barokat ko‘chasining 1 km qismi shag‘allashtirilmay, tuproq yo‘l holida qolib ketgani aniqlandi.
Mazkur holat fuqarolar uchun noqulaylik tug‘dirayotgani, ayniqsa yog‘ingarchilik mavsumida harakatlanish qiyinlashayotgani qayd etildi.
Mazkur muammoni bartaraf etish yuzasidan deputatlik so'rovi yuborish belgilandi.