Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputatlariga amaliy ko‘mak berish, ularning saylov okruglaridagi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida kotibiyat mudiri F. Xolmuratova tomonidan o‘ziga biriktirilgan deputatlar bilan tizimli ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, deputatlar tomonidan okrug hududidagi mahallalarda fuqarolar bilan uchrashuvlar va qabullar o‘tkazilishi, aholi murojaatlari va muammolarini joyiga chiqib o‘rganish ishlari tashkil etildi. Aniqlangan masala yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilmoqda.
Shuningdek, deputatlar tomonidan olib borilayotgan ishlar ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida ijtimoiy tarmoqlar, televideniye, radio hamda bosma nashrda haftalik asosda yoritib borilmoqda.
Bu kabi ishlar deputatlar faoliyati samaradorligini oshirish, fuqaro bilan muloqotni kuchaytirish hamda jamoatchilikni amalga oshirilayotgan ishlar haqida xabardor qilib borishga xizmat qilmoqda.