Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 FUQARO MUROJAATI O‘RGANILIB, AMALIY YORDAM KO‘RSATILDI
янв.21
📢 KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
📢 BOZORLAR VA SAVDO DO‘KONLARIDAGI NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
📢 FUQARO MUROJAATI DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
Nurobodda g‘alla ekish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi
янв.21
El koriga kamarbasta insonlar tashabbusi: Oqsoyda zamonaviy sport majmuasi ochildi
янв.21
Oliy Majlis Senati vakili xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlari deputatlari bilan uchrashdi
янв.21
Nurobod shahrida bunyodkorlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Nurobod tumanida yangi tug‘ruq majmuasi qurilishi o‘rganildi
янв.21
Tuman tibbiyot birlashmasida yaratilgan sharoitlar va moddiy-texnik baza o‘rganildi
Deputat va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbati ko‘rinishda o‘tkazilgan uchrashuvda "Yoshlar ishlari agentligi" Boyovut tuman bo‘limi rahbari, Xalq deputatlari Boyovut tuman kengashi mudiri va mahalla faollari ishtirok etishdi.

Uchrashuvni kirish so‘zi bilan ochib bergan"Yoshlar ishlari agentligi" bo‘limi rahbari Anvarjon Jabborov, bugungi kunda yoshlarga davlatimiz rahbari tomonidan yaratilayotgan keng imkoniyatlardan oqilona foydalanish, bilim va kasb-hunar o‘rganish, IT sohasida bilimlarini mustahkamlash, internet tarmoqlarida berilayotgan axborotlarni qabul qilish, axborot tarqatish madaniyatini shakllantirish, yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.

Uchrashuvda tuman kengashi deputati Avazbek Allashukurov so‘z olib, bugungi kunda dolzarb bo‘lib turgan yoshlarga oid davlat siyosati, o‘quvchilarning maktabdan qanchalik bilimli bo‘lib chiqsa, yuqori texnologiyalarga asoslangan sohalar rivojlanishi, buning natijasida ijtimoiy muammolarni yechish imkoni tug‘ilishi yuzasidan yoshlar bilan fikr almashdilar. 

Uchrashuvda yoshlarni qiynayotgan kamchilik va muammolar ham atroflicha muhokama qilindi. Uchrashuv so‘ngida yoshlar tomonidan berilgan savollarga rahbarlar tomonidan aniq javoblar berildi.

Slide 1 of 3