Yurtimizda sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, aholining sifatli tibbiy xizmat va dori vositalarini olishga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda.
Muzrabot tumanida ham aholiga sifatli tibbiy yordam ko‘satish borasida ko‘pgina ishlar amalga oshirilmoqda.
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 13-Shabada okrugidan saylangan deputat Muxammadiyeva Barchin Hazratqulovna tumandagi “Yo‘lchi” mahallasida bo‘lib,
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalarga asosan mahallada tashkil etilgan tibbiyot punkti faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish jarayonida mahalla hududidagi aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish tizimi, dori vositalarining mavjudligi, ehtiyoji, shuningdek, muammolar atroflicha tahlil qilindi.
Ushbu mahalla tibbiyot punkti ambulator sharoitda davolanish uchun bemorlarga uchun yaratilgan sharoitlar ham o‘rganildi.