✅ Nurobod tumani Sarikul mahallasidagi 16-umumta’lim maktabida ta’lim olayotgan o‘quvchilarning ota-onalarini uzoq vaqtdan buyon tashvishga solib kelayotgan ko‘prik masalasi hal etildi.
✅ Sarikul mahallasi Yangi hayot guzarida yashovchi aholi farzandlari maktabga borishlarida shu hududda katta soy mavjudligi, ushbu soyda bahor faslida suv kelishi oqibatida o‘quvchilar maktabga borishlarida muammolar bo‘layotganligi aniqlandi.
✅ Ushbu masala xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati S.Samatov tashabbusi bilan o‘rganilib, qisqa muddatda amaliy yechim topildi. Ushbu soyga aholi bilan hashar yo'li orqali ko‘prik qurib bitkazildi.
✅ Natijada o‘quvchilar uchun maktabga qulay borib kelish imkoniyati yaratildi, ota-onalarning xavotiri bartaraf etildi. Mazkur ish aholi tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilindi.