Deputat “Saylovchilari bilan uchrashuvi” davom etmoqda.
🔹Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashining 10-Mo'yan okrugi deputati U.Sodiqov hududda “Saylovchilar bilan uchrashuvi” o‘tkazildi. Unda shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Nazirov, mahalla faollari, “Mahalla yettiligi” a’zolari ishtirok etdi.
🔹Uchrashuv jarayonida hududdagi kommunal soha masalalari, elektr energiyasi, yo‘l infratuzilmasi hamda obodonlashtirish ishlari holati atroflicha ko‘rib chiqildi.
🔹Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, moddiy yordam ajratish, nafaqa va subsidiya masalalari yuzasidan fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
🔹 Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar asosida ularni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.