Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashiga Adolat SDPdan 9-Bobur saylov uchaskasidan saylangan deputat K.Umarboyev tomonidan aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Muloqot davomida deputat tomonidan:
Davlat rahbari Sh.Mirziyoyevning Murojaatnomasidagi asosiy vazifalar;
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasining ustuvor maqsadlari va "Inson qadri" tamoyili mazmun-mohiyati aholiga tushuntirildi.
Uchrashuvda xalq farovonligini oshirishga qaratilgan islohotlarning hayotiy ahamiyati borasida ochiq muloqot qilindi.