Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman Kengashi deputati Prezidentimiz murojaatnomasi bo‘yicha targ'ibot olib bordi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati Prezidentimiz murojjatnomasi bo‘yicha targ'ibot olib bordi.
янв.21
Nurobod tumani Oqsoy mahallasida aholi bilan uchrashuv otkazildi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati va tuman Kengashi deputatlari hamkorligi
янв.21
Deputat va “Mahalla yettiligi” hamkorligi
янв.21
Deputat Jarquduq mahallasida qabul o‘tkazdi.
янв.21
Deputat va saylovchilar uchrashuvi
янв.21
Tuman Kengashi deputati tomonidan hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurash holati bo‘yicha o‘rganish olib bordi.
янв.21
Deputat davlat xizmatlari markazi va FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holatini o‘rgandi
янв.21
Nurobod tumanida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Murotova Lola Ne'matjon qizining 2025-yilning uchinchi choragi yakunlari boʻyicha saylovchilarga axboroti
  • Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Murotova Lola Ne'matjon qizining 2025-yilning uchinchi choragi yakunlari boʻyicha saylovchilarga axboroti
  •   12-Navbahor saylov okrugidan saylangan xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Murotova Lola Ne'matjon qizi 2025-yilning III choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan saylovchilar oldida belgilangan tartibda axborot berdi. Tadbirda “Navbahor” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi hamda mahalla faollari ishtirok etdilar. 
  • Hisobot davrida deputat Chilonzor tuman Kengashining 3 ta navbatdagi sessiyasida faol ishtirok etdi. Mazkur sessiyalarda tuman va okrugda dolzarb bo‘lgan masalalar muhokama qilindi hamda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha deputat tomonidan muhim taklif va tashabbuslar ilgari surildi: 
  • yo‘l va transport infratuzilmasini bosqichma-bosqich yaxshilash; 
  • aholining qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonini kuchaytirish; 
  • bolalar va yoshlar uchun zamonaviy ijtimoiy infratuzilma
    obyektlarini barpo etish;
      
  • kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalarni manzilli
    qo‘llab-quvvatlash choralarini kengaytirish.
     
  • Uchrashuv davomida
    saylovchilar tomonidan bir qator amaliy muammolar ko‘tarildi. Jumladan:
     
  • ayrim ko‘p qavatli uylar liftlarining nosoz holati va foydalanishga
    yaroqsizligi;
     

bolalar maydonchalarini qurish, mavjudlarini ta’mirlash va
xavfsizlik talablariga moslashtirish;
 

piyodalar yo‘laklariga asfalt qoplamasi yotqizish zarurati; 

aholi uchun umumiy foydalanishdagi hududlarda ayvonchalar va dam
olish maskanlarini barpo etish.
 

Mazkur murojaatlar bo‘yicha deputat tomonidan mas’ul tashkilotlar bilan tezkor aloqaga chiqildi, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berildi va jarayonlarni shaxsiy deputatlik nazorati ostiga olish belgilandi.

Yakuniy qismda deputat Murotova Lola Ne'matjon qizi saylovchilar bilan muntazam va tizimli ravishda o‘tkazishni davom ettirishini ta’kidladi. Shuningdek, aholi tomonidan ko‘tarilayotgan masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish, ularni amaliy yechim bilan ta’minlash, aholining farovonligi yo‘lida samarali tashabbuslarni ilgari surish deputatning doimiy ustuvor vazifasi ekani alohida qayd etildi.  

Slide 1 of 1