Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman Kengashi deputati Prezidentimiz murojaatnomasi bo‘yicha targ'ibot olib bordi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati Prezidentimiz murojjatnomasi bo‘yicha targ'ibot olib bordi.
янв.21
Nurobod tumani Oqsoy mahallasida aholi bilan uchrashuv otkazildi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati va tuman Kengashi deputatlari hamkorligi
янв.21
Deputat va “Mahalla yettiligi” hamkorligi
янв.21
Deputat Jarquduq mahallasida qabul o‘tkazdi.
янв.21
Deputat va saylovchilar uchrashuvi
янв.21
Tuman Kengashi deputati tomonidan hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurash holati bo‘yicha o‘rganish olib bordi.
янв.21
Deputat davlat xizmatlari markazi va FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holatini o‘rgandi
янв.21
Nurobod tumanida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Jamoatchilik monitoringi

Tuman Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tuman Kengashidagi deputatlik guruhi rahbari A.Qurbonov boshchiligida partiyadan saylangan deputatlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-noyabrdagi “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-347-sonli qarorning Vobkent tumanidagi ijrosini oʻrganish maqsadida tuman kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimida jamoatchilik monitoringi oʻtkazildi.

 Mazkur monitoringning asosiy maqsadi — inson resurslarini rivojlantirish, mehnat bozorini isloh qilish, bandlikning zamonaviy shakllarini tatbiq etish orqali kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha sohada koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini oshirish, munosib mehnat munosabatlarini keng joriy qilish iborat.

 Monitoring davomida boʻlim tomonidan Aholini daromadli mehnat bilan taʼminlash va tadbirkorlikka jalb qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, raqamli platformalarga kiritilayotgan maʼlumotlar bazasi, ochiq ish oʻrinlari holati kabi masalalar oʻrganilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar berildi. 

Slide 1 of 6