Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 FUQARO MUROJAATI O‘RGANILIB, AMALIY YORDAM KO‘RSATILDI
янв.21
📢 KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
📢 BOZORLAR VA SAVDO DO‘KONLARIDAGI NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
📢 FUQARO MUROJAATI DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
Nurobodda g‘alla ekish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi
янв.21
El koriga kamarbasta insonlar tashabbusi: Oqsoyda zamonaviy sport majmuasi ochildi
янв.21
Oliy Majlis Senati vakili xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlari deputatlari bilan uchrashdi
янв.21
Nurobod shahrida bunyodkorlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Nurobod tumanida yangi tug‘ruq majmuasi qurilishi o‘rganildi
янв.21
Tuman tibbiyot birlashmasida yaratilgan sharoitlar va moddiy-texnik baza o‘rganildi
Xalq deputatlari Nurobod tuman Kengashining saksoninchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Bugun Nurobod tuman hokimligida xalq deputatlari Nurobod tuman Kengashining saksoninchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 

Sessiya kun tartibida tumanda faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilarining ish faoliyatidagi muammolar, tumanning ma’muriy-hududiy chegaralarini belgilash, tuman aholisi o‘rtasida is gazidan zaharlanish holatlarining oldini olishga qaratilgan ishlarning holati, tumanda “Temir daftar”ga kiritilib muammolari bartaraf etilgan oilalarni ro‘yxatdan chiqarish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

Xalq vakillari tomonidan tumanning ma’muriy-hududiy chegaralarini belgilash masalasi qizg‘in muhokama qilinib, ushbu masala navbatdagi sessiya ishida qayta ko‘rib chiqilishi belgilandi.

Slide 1 of 1