O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qo'mitasi a'zosi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi Iba Narizova Konimex tumanidagi 13-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti, 2 va 7-sonli umumiy o'rta ta'lim maktablarida boʻlib, muassasalar xodimlari, faollari va yoshlar bilan uchrashdi.Uchrashuvda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati tomonidan Davlat dasturi doirasida belgilangan maqsad va vazifalarni tizimli amalga oshirilishi, saylovoldi dasturidagi ustuvor vazifalar, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berildi. Shundan soʻng ta'lim muassasalari sharoiti, sigʻimi, oʻquv xonalari oʻrganildi. Mavjud kamchilik va muammolar yechimi yuzasidan yozib olindi.