Unda Nurafshon shahar deputati Alim Samatovich ishtirok etdi va tadbir davomida ishtirokchilarga Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarni asrash, tinchlik va barqarorlikni ta’minlashning ahamiyati haqida atroflicha tushunchalar berildi.
Shuningdek, yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, huquqiy ong va mas’uliyatni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurash holati, ayniqsa qizil va sariq hududlarda jinoyatchilikni bartaraf qilish bo‘yicha yoshlarni ham befarq qolmasligi shunday holatlarga duch kelsa ular bilan bog'lanishi kerakligi aytib o'tildi.
Tadbir ochiq muloqot tarzida o‘tkazilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.
🌐Instagram |Facebook (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_nurafshon_sh?igsh=d214Y24wcWt6OWI5)
Telegram (https://t.me/Nurafshon_XDNShK_rasmiy)