Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Bog‘ot tuman Kengashining o‘ninchi sessiyasi o‘tkazildi

Sessiyada 2025-yilning I choragi davomida tumanimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida olib borilgan ishlar, tuman mahalliy byudjeti daromadlar ijrosi, 2025-yil sug‘orish (vegetatsiya) mavsumi uchun suv iste’molchilariga ajratiladigan suv miqdori hamda kun tartibidagi boshqa dolzarb masalalar bo‘yicha tegishli ma’sullarning axborotlari eshitildi.

Yakunda deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalardan keyin ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Sessiya tuman hokimligining Instagramdagi sahifasi orqali jonli translyatsiya qilindi.

Slide 1 of 6