Yangiliklar

Joriy yilning 6-mart kuni Atrof-muhitni asrash va “Yashil” iqtisodiyot yili munosabati bilan O‘zbekiston Ekologiya partiyasidan saylangan Zangiota tuman 2-okrug deputati Turg‘unov Doniyor Mannapjanovich va 17-okrug deputati Mirzaxmedova Yorqinoy Xatamovnalar Ixtisoslashtirilgan maktabning “EKO-maktab” a’zolari uchun “Green University"ga sayohat uyushtirishdi

Joriy yilning 6-mart kuni  Atrof-muhitni asrash va “Yashil” iqtisodiyot yili munosabati bilan O‘zbekiston Ekologiya  partiyasidan saylangan Zangiota tuman 2-okrug deputati Turg‘unov Doniyor Mannapjanovich va 17-okrug deputati Mirzaxmedova Yorqinoy Xatamovnalar Ixtisoslashtirilgan maktabning “EKO-maktab” a’zolari uchun  “Green University"ga sayohat uyushtirishdi. 

Mazkur universitet 2024-yilning 10-fevral kuni Toshkent viloyatida ochildi.

O‘quvchilar universitet haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishdi.

Shuningdek, bu universitet biologik xilma-xillikning yo‘qolishi, iqlim o‘zgarishi va ifloslanishning uch karra sayyoraviy inqirozini hal qilishda yordam berishi,  ekologik ta’lim orqali universitet boy tabiatga ega mintaqani asrashga xizmat qilishiga yana bir bor amin bo‘ldilar.

Slide 1 of 1